Oyqiz ertagi (O`zbek Kino 2016 treyler)

Ойқиз эртаги

Год: 2016
Страна: Узбекистан
Возраст:
Просмотров: 1196
Сюжет

“O‘zbekfilm” tomonidan 1,6 milliard so‘mga suratga olinayotgan “Oyqiz ertagi” filmi treyleri
* * *
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olgan “Oyqiz ertagi” ertak-filmining dastlabki treyleri internetda paydo bo‘ldi.

Qariyb 130 soniyalik treyler jangari sahnalarga boy bo‘lib, videorolikdan filmdagi bosh qahramon — Oyqiz (Yulduz Rajabova ijro etgan) va aktyor Yigitali Mamajonov o‘rtasida muhabbat rishtalari bo‘lishi anglashiladi.

film “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi talablarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ertaklar olamida” ishchi nomi ostida 2014-yilda ishlab chiqarishga tushirilgan bo‘lib, unda qiziqarli afsona va rivoyatlarga asoslangan holda Vatanni sevish, mardlik, halollik singari ezgu g‘oyalar aks ettirilgan.

Mazkur ertak-filmni suratga olish ishlari uchun davlat byudjetidan 1,6 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Отзывы (0)







статистика